17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasi raisi Olot tumanida bo‘ldi

Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatining Olot tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, tumanda tashkil etilgan Bosh vazir qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash holati, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va uyushmagan yoshlarni bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlikka o‘qitish, “Yoshlar 1+1” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va shu va boshqa masalalar bilan tanishdi.


Tumanga tashrif davomida Davlat xizmatlari agentligida “Yoshlar 1+1” loyihasini amalga oshirish va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlashga mas'ullar bilan muzokaralar o‘tkazilib, natijadorlikni oshirish borasida tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

Shuningdek yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha tumandagi qo‘yidagi ko‘rsatkichlar to‘g‘risida axborot berildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 1214 nafar bo‘lib, ulardan: tadbirkorlikka qiziqishi borlar 350 nafar, tadbirkor va hunarmandlarga biriktiriladiganlar 297 nafar, ishga joylashtirilishi lozim bo‘lganlar 141 nafarni tashkil qiladi. Tadbirkorlik kurslarida 210 nafar yoshlar o‘qitilgan bo‘lib, barcha o‘qitilgan yoshlar sertifikat olgan va 107 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan. Shu bilan birga 21 nafar ishsiz yoshlar kasb-hunarga o‘qitilgan. Yoshlar: “1+1” tamoyili asosida tadbirkor va hunarmandlarga jami 297 nafar ishsiz yoshlar biriktirilgan.


Navbatdagi o‘rganish ishlari "Xalifa" mahallasida davom ettirildi. Tumandagi “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi va loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv yakunida SSP raisi A.Ikramov tomonidan tumandagi amalga oshirilayotgan loyihalar ijobiy baholanib, ularning samaradorligini oshirish borasida mutasaddilar va tadbirkorlarga bir qator tavsiyalar berildi.

SSP Matbuot xizmati

21.05.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06