18.06.21

Sholikolarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi Farg‘ona-Batken-So‘g‘d xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22 aprel' kuni Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida Farg‘ona viloyati, Qirg‘izistonning Batken viloyati hamda Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Forum avvalida mehmonlar shu yerda tashkil etilgan viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan tekstil', oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, charm-galantereya, qurilishi mahsulotlari, tibbiyot jihozlari Qirg‘iziston va Tojikiston vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Biznes-forumni kirish so‘zi bilan ochgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, birinchi bor uch chegaradosh viloyat vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan bunday yirik iqtisodiy anjuman an'anaviy tus olishiga hamda kelgusida barcha sohalarda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadigan nufuzli platformaga aylanishiga ishonch bildirdi. Viloyat rahbari, Batken va So‘g‘d viloyatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasini oshirish maqsadida savdo yarmarkalari tashkil etish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, tekstil', qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, o‘zaro investisiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi.

“Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forum yakunida Xayrullo Bozorov va Rajabboy Ahmadzoda Farg‘ona viloyati va So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladilar.

Shuningdek, Farg‘ona tumani hamda Batken viloyatining Qadamjoy tumani o‘rtasida ham hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Forum doirasida o‘tkazilgan B2B hamda G2B uchrashuvlar natijasida qator yangi hamkorlik loyihalarining tamali qo‘yildi.

Xususan, ushbu tadbirning davomi sifatida, Qo‘qon shahridagi “O‘rda” tantanalar saroyida Farg‘ona va Tojikistonning So‘g‘d viloyatlari Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alisher Soliev hamda So‘g‘d viloyati Savdo-sanoat palatasi bosh direktori Muxammadjon Muxamedjanov tomonidan imzolangan memorandum, ikki viloyat ishbilarmon doiralarining o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, ikki viloyat iqtisodiy salohiyatini o‘zaro tanitish maqsadida hamkorlikda tadbirkorlar uchun qo‘shma ko‘rgazmalar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, qo‘shma korxonalar tashkil etishga va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzishga ko‘maklashish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu memorandum Farg‘ona va So‘g‘d viloyatlari Savdo-sanoat palatalari hamkorligida ikki viloyat ishbilarmonlarini birlashtirishga xizmat qiladi.

SSP Matbuot xizmati

27.04.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06