18.06.21

Sholikolarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish - yangi bosqichda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 apreldagi «Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agentlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-221-son Qarori imzonlandi.

Mazkur Qarorga ko‘ra, “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tabirkorlik sub'ektlariga agent sifatida ishtirok etish uchun sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, agent –  akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lgan, davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali ariza beruvchilarning ma'lumot va hujjatlarini tegishli davlat organi yoki tashkilotiga yuborish hamda xizmat natijasini ariza beruvchiga taqdim etish faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektining xodimi tushuniladi.

Sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida akkreditasiyadan o‘tgan nodavlat ta'lim muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra 3 yil muddatga beriladi.

Tadbirkorlik sub'ekti va uning xodimlari sertifikat olishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    davlat xizmatini ko‘rsatish uchun kamida 15 m2 maydonga ega bo‘lgan bino mavjudligi;
    davlat xizmatini ko‘rsatuvchi har bir xodim komp'yuter va boshqa zarur tashkiliy texnika bilan ta'minlanganligi;
    kamida 5 kishi uchun mo‘ljallangan kutish o‘rindiqlari mavjudligi;
    bank hisobvarag‘iga ega bo‘lishi;
    nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari o‘rnatilganligi.

Talabgorlarni o‘qitish uchun o‘quv markazlari tomonidan shartnoma asosida vakolatli organning mas'ul xodimlari jalb etilishi mumkin.

O‘quv kurslarida qatnashish uchun to‘lov miqdori o‘quv markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Biroq, ushbu miqdor har bir talabgor uchun BHM (bazaviy hisoblash miqdori) 5 baravaridan oshmasligi lozim. Talabgorlar sertifikat olish uchun malaka imtihoni topshiradi va ushbu imtihon 2 oyda bir marotaba o‘tkaziladi.

Mazkur imtihon test ko‘rinishida elektron shaklda vakolatli organ binosida o‘tkaziladi. Test sinovi 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Shuningdek,

talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun 2 akademik soat vaqt beriladi.

Test savollarining kamida 35 tasiga (70%) to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan deb hisoblanadi.

Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga komissiyasining banyonnomasi rasmiylashtirilgandan boshlab 3 ish kuni ichida QR-kod qo‘yilgan sertifikat beriladi.

Quyidagilar sertifikatning amal qilishini tugatish uchun asos hisoblanadi:

    sertifikatning amal qilish muddati tugaganligi;
    sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sertifikat egasining arizasi taqdim etilganligi;
    faoliyatini tugatgan yoki to‘xtatgan tadbirkorlik sub'ektning arizasi taqdim etilganligi;
    tadbirkorlik sub'ektini tugatish yoki uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida sud, nazorat yoki ro‘yhatga olish organlaridan axborot olinganligi;
    agent tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan ma'muriy reglamentlar va Nizom talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida vakolatli organ taqdimnomasining bajarilmaganligi;
    sertifikat egasining vafoti, shuningdek, uni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e'tirof etish to‘g‘risidagi sudning qarori yoxud ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi sudning hukmi kuchga kirganligi;
    agent va tadbirkorlik sub'ekti o‘rtasidagi mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi bekor qilinganligi.

Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarorning nushasi qaror qabul qilingan kunning o‘zida agentga yuboriladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat xizmati agentligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda agentlarning elektron reestri yuritiladi.

Mazkur Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan agent sifatida ko‘rsatilishi ta'qiqlangan 13 ta davlat xizmatlari ro‘yhati tasdiqlandi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

26.04.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06