18.06.21

Sholikolarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

ВMВ Trade Group va Kiss Group (Vengriya) kompaniyalari o‘rtasida Jizzax shahrida kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha investision shartnoma imzolandi

So‘nggi yillarda Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirish, hududning iqtisodiy o‘sishini ta'minlash, qishloq xo‘jaligi va sanoatini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada BMB Trade Group kompaniyasi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Zero, kompaniya mazkur viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish infratuzilmasini takomillashtirish, qayta ishlashni tashkil etish va eksportga qaratilgan yirik investisiya loyihalarini hayotga tatbiq qilish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan yirik tadbirkorlik sub'ektlaridan biri hisoblanadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining o‘simlik yog‘iga bo‘lgan yillik talabi 475 ming tonnani tashkil etgani holda, yog‘-moy korxonalari tomonidan yiliga 259 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilmoqda. Bu respublika aholisining ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoji mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 55 foizga, ichki bozor ehtiyojining 45 foizi esa import hisobiga ta'minlanmoqda deganidir. Shu bois hozirgi kunda barcha hududlarda moyli ekinlar yetishtirish hajmini keskin oshirish, mazkur jarayonda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish dolzarb ahamiyatga ega.

Joriy yilning 23 aprel' kuni BMB Trade Group kompaniyasining Toshkent shahridagi bosh ofisida VMV Trade Group hamda Vengriyaning Kiss Group kompaniyalari o‘rtasida Jizzax shahrida kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha investision shartnoma imzolandi. Mazkur jarayoni onlayn shaklda amalga oshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abat Fayzullaev, Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Piter Santosh, BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov, Kiss Group kompaniyasi prezidenti Lazlo Kishsh, Vengriya elchixonasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Yanosh Vanik hamda O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasining vakillari ishtirok etdi.

Marosimda ikki mamlakat elchilari va boshqa ishtirokchilar amalga oshirilayotgan ushbu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shishini ta'kidlashdi. Tadbir so‘nggida BMB Trade Group va Kiss Group kompaniyalari o‘rtasida investision shartnoma imzolandi.

Aytish joizki, bugungi kunda o‘simlik yog‘iga bo‘lgan talab tobora o‘sib borayotgani ushbu loyihaning ahamiyatini yaqqol ifodalaydi. Qolaversa, loyihaning amalga oshirilishi mamlakatimizda o‘simlik yog‘iga bo‘lgan ehtiyojni qoplash bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotni qo‘shni davlatlar (Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston)ga eksport qilish imkonini beradi.

Vengriyalik hamkorlar bilan ro‘yobga chiqarilishi rejalashtirilgan loyihaning yillik quvvati 200 ming tonna kungaboqar pistasini qayta ishlashga mo‘ljallangan. Loyihaning umumiy qiymati 90 million yevro ortiqni tashkil etadi. Shuning 52 million yevroga teng qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalardir. Xususan, loyihani moliyalashtirishda hamkor kompaniyaning hamda Vengriya “Eksimbank”i mablag‘lari ham jalb etiladi.

O‘z navbatida, kelgusida margarin ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishi respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari yer maydonlaridan unumli foydalanish, chorvachilik xo‘jaliklari uchun to‘yimli ozuqalar tayyorlash miqdorini oshirish hamda o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, shuningdek, yangi doimiy hamda mavsumiy ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

SSP Matbuot xizmati

23.04.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06