18.06.21

Sholikolarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

2021 yil 20 aprel' kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlardagi elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan videomuloqot o‘tkazildi.

Muloqotda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi R.Zikrillaev va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Usmonov ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi ko‘magida qator yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Jumladan,

  •     mahalliy eksporterlar uchun AQSh bozoriga milliy mahsulotlarni kirib borishiga ko‘maklashish;
  •     AQShda salohiyatli biznes hamkorlar topish va ular bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  •     AQSh bozorida talab yuqori bo‘lgan tovarlar bo‘yicha O‘zbekiston mahsulotlarini mazkur bozorda sotish imkoniyatlarini o‘rganish va eksportni kengaytirish istiqbollarini yanada rivojlantirish;
  •     O‘zbekiston mahsulotlari uchun AQSh bozoriga kirib borishiga imkoniyatlar yaratish;
  •     respublikamiz eksporterlari uchun AQSh hududida savdo uylarini ochish shartlari va talablarini o‘rganish;
  •     milliy brendlarni AQShda keng tanitish va salohiyatli savdo kompaniyalari e'tiboriga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlari va reklama aksiyalarini tashkil etish;
  •     AQSh kichik va o‘rta biznes ishbilarmon delegasiyalarini O‘zbekistonga safarlarini amalga oshirish orqali O‘zbekiston ishbilarmonlari bilan hamkorlikda biznes yuritishni faollashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Tadbir yakunida Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi o‘rtasida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida O‘zbekiston mahsulotlarini AQShga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda milliy brendlarimizni AQSh bozoriga kirib borishi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olindi.

SSP Matbuot xizmati

21.04.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06