6.05.21

Mahsulot, tovar va хizmatlarning nomlari unifikatsiyalashdi

3.05.21

Har bir “VATT” qadrli

3.05.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

3.05.21

Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida Mirobod tuman yoshlariga sertifikatlar topshirildi

30.04.21

Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) ga muvofiq O‘zbekistondan ayrim meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga berilgan imtiyozlar

28.05.21 - 28.05.21

Ishlab chiqarishda gender xilma-xilligi

27.05.21 - 29.05.21

To'qimachilik va moda sanoati

27.05.21 - 29.05.21

Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochga ishlov berish. Mebel va aksessuarlar.

27.05.21 - 28.05.21

Atrof-muhit, sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish bo'yicha 8-Shimoliy mintaqalararo tanlovi (EHS)

26.05.21 - 28.05.21

Hindiston va Afrika bo'yicha CII-EXIM banki konklavining 16 loyihasi sherikligi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Oʼzbekiston-Polsha aloqalarining rivojlanishi

2021 yil 13-aprel kuni onlayn tarzda O‘zbekiston-Polsha biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B. Abidov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I. Jasimov, O‘zbekiston Respublikasi Investisiya va Tashqi Savdo Vazirligi huzuridagi Chet el investisiyalarini jalb qilish agentligi direktori o‘rinbosari O. Elmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori A. Xodjaev ishtirok etishdi.

Polsha tomonidan Polsha Savdo-sanoat Palatasi vise-prezidenti, bosh direktori M. Klocko, Polshaning Rivojlanish, Bandlik va Texnologiyalar Vazirining o‘rinbosari R.Tomanek, Polsha Investisiyalar va Savdo Agentligi boshqaruv kengashi a'zosi G. Slomkovski, Polsha Savdo-sanoat palatasi prezidenti maslahatchisi  K. Plominskiy ishtirok etishdi.

Ushbu forum boshida Polsha Savdo-sanoat palatasi vise-prezidenti, bosh direktori M. Klotsko o‘z nutqi bilan chiqib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini ta'kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov so‘zga chiqib, Polsha Respublikasi O‘zbekistonning Yevropadagi muhim sheriklaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Ta'kidlash lozimki, Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikda, jumladan, Polsha kompaniyalarining O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va qurilish sohalarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishda ishtirok etishida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida muhim zaxiralar mavjud.

Ma'lumot uchun: 2020 yil oxirida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi 186,3 million dollarni tashkil qildi. Bundan, O‘zbekistondan eksport 57,2 million dollarni, import 129 million dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonda Polsha investorlari ishtirokidagi 40 ta korxona va 28 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Polsha kompaniyalarining 12 ta vakolatxonalari ochildi.

Biznes-forum davomida O‘zbekiston-Polsha o‘zaro savdo-iqtisodiy  aloqalarining istiqbollari, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, elektron savdo maydonchalarining O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiqdagi afzalliklari, shuningdek  savdo samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Navbadta, o‘z faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishni istagan investorlar va ishbilarmon doiralar uchun O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, 2021 yil 14-aprel kuni iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Pol'sha Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, transport-logistika va boshqa sohalarda ma'ruzalar tinglandi.

SSP Axborot-xizmati 

14.04.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06