6.05.21

Mahsulot, tovar va хizmatlarning nomlari unifikatsiyalashdi

3.05.21

Har bir “VATT” qadrli

3.05.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

3.05.21

Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida Mirobod tuman yoshlariga sertifikatlar topshirildi

30.04.21

Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) ga muvofiq O‘zbekistondan ayrim meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga berilgan imtiyozlar

28.05.21 - 28.05.21

Ishlab chiqarishda gender xilma-xilligi

27.05.21 - 29.05.21

To'qimachilik va moda sanoati

27.05.21 - 29.05.21

Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochga ishlov berish. Mebel va aksessuarlar.

27.05.21 - 28.05.21

Atrof-muhit, sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish bo'yicha 8-Shimoliy mintaqalararo tanlovi (EHS)

26.05.21 - 28.05.21

Hindiston va Afrika bo'yicha CII-EXIM banki konklavining 16 loyihasi sherikligi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston-Xitoy eksportbop dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirish yuzasidan anjuman o‘tkazildi

Joriy yilning 2 aprel kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazida O‘zbekistonda eksportbop dorivor va ziravor o‘simliklarning maydonlarini kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro videokonferensiya tashkil etildi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston hamda Xitoy Xalq Respublikasining 50 dan ortiq dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishidagi tadbirkorlar va investorlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dorivor o‘simliklarni rivojlantirishga oid PQ-4670-sonli qarorida belgilangan sohani rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida dorivor o‘simliklarning maydoni kengayib, ishlab chiqarish hajmlari ortib bormoqda. Sohani rivojlantirishda ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganib borish, bevosita iste'molchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish juda muhim.

Anjumanni Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher To‘raev kirish so‘zi bilan ochib, xitoylik hamkorlarga mamlakatimizning dorivor o‘simlik yetishtirish va undan tayyor mahsulotlar tayyorlashdagi salohiyati xususida ma'lumot berdi. O‘z navbatida, xitoylik hamkorlar ham yurtimizdagi shifobaxsh o‘simliklarni import qilayotgani va bu mahsulotlarga ularda qiziqish va ehtiyoj ortayotganini ta'kidlashdi. Aytish kerakki, respublikamizda dorivor o‘simliklar yetishtirishni rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Sohani rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida dorivor o‘simliklar maydoni kengayib, ishlab chiqarish hajmlari ortib bormoqda. Konferensiyada ma'lum qilinishicha, dorivor o‘simliklar va undan qayta ishlangan mahsulotlarining tovar aylanmasi yiliga o‘rtacha 3 trillion 26 milliard AQSh dollarini tashkil etsa, respublikamizning ulushi esa 48 mln AQSh dollarini yoki 1,5 foizni tashkil etadi.

Bu borada Xitoy yetakchi eksportyor davlatlardan biri bo‘lib, yiliga 899 million AQSh dollari yoki dunyo davlatlari eksportining 27,6 foizini, import hajmi esa 412 million AQSh dollarini yoki 12,6 foizini tashkil etadi.

Dorivor va ziravor o‘simliklar eksport geografiyasini kengaytirish va hajmlarini ko‘paytirish, kelgusi yil uchun buyurtmalarni shakllantirish va ushbu asosda dorivor va ziravor ekinlarni joylashtirish, respublikadagi dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar bilan Xitoyning yirik importyor kompaniya va firmalari, investorlar o‘rtasida bevosita hamkorlik o‘rnatishda ushbu vedoanjumanning ahamiyati juda katta. Anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda.

SSP Axborot-xizmati 

07.04.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06