6.05.21

Mahsulot, tovar va хizmatlarning nomlari unifikatsiyalashdi

3.05.21

Har bir “VATT” qadrli

3.05.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

3.05.21

Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida Mirobod tuman yoshlariga sertifikatlar topshirildi

30.04.21

Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) ga muvofiq O‘zbekistondan ayrim meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga berilgan imtiyozlar

27.05.21 - 29.05.21

To'qimachilik va moda sanoati

27.05.21 - 29.05.21

Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochga ishlov berish. Mebel va aksessuarlar.

26.05.21 - 28.05.21

Hindiston va Afrika bo'yicha CII-EXIM banki konklavining 16 loyihasi sherikligi

18.05.21 - 20.05.21

Energiya, atom energiyasi, muqobil energiya manbalari

18.05.21 - 25.05.21

WR Packaging Expo 2021

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Eksportni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2021 yil 16 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasida eksportni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash: mavjud muammolar va ularni hal qilishda qonunchilikni takomillashtirish” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati a'zolari, Savdo-sanoat palatasi Raisi A.Ikramov hamda tegishli vazirlik va idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Konrad Adenauer fondi bilan birgalikda qonunchilikni takomillashtirish va eksportni cheklovchi salbiy omillarni bartaraf etish orqali O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratishdir.

Buning uchun so‘nggi yillarda davlat va hukumat rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlovchi milliy institutlar tashkil etish to‘g‘risida qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Tashqi savdo va eksport ko‘rsatkichlari sur'atining umumiy ijobiy dinamikasidan kelib chiqib, uning hajmlari, shuningdek tarmoqlardagi eksport hajmlarining amalda o‘sish sur'atlarini oshirishni davom ettirish tavsiya etildi.

Bundan tashqari, investisiya faoliyati va eksport sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida tadbirkorlar biznes rejalari va rivojlanish strategiyasini amalga oshirishi uchun ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida investisiya faoliyati va eksport sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilmoqda. Eksport nazoratini o‘tkazishda, ya'ni zarur eksport sertifikatlarini olish va eksport bojxona rasmiylashtiruvi uchun ham muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Sohani rivojlantirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari o‘tkazishga, uzoq muddatli barqaror savdo bozorlarini shakllantirishga, tashqi savdo infratuzilmasini, shu jumladan chet ellarda yaratishga lozim darajada e'tibor qaratish tavsiya etildi.

Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olgan holda eksport bo‘yicha qonunchilik islohotlarining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi, O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqildi.

SSP Matbuot xizmati

16.03.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06