6.05.21

Mahsulot, tovar va хizmatlarning nomlari unifikatsiyalashdi

3.05.21

Har bir “VATT” qadrli

3.05.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

3.05.21

Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida Mirobod tuman yoshlariga sertifikatlar topshirildi

30.04.21

Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) ga muvofiq O‘zbekistondan ayrim meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga berilgan imtiyozlar

27.05.21 - 29.05.21

To'qimachilik va moda sanoati

27.05.21 - 29.05.21

Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog'ochga ishlov berish. Mebel va aksessuarlar.

26.05.21 - 28.05.21

Hindiston va Afrika bo'yicha CII-EXIM banki konklavining 16 loyihasi sherikligi

18.05.21 - 20.05.21

Energiya, atom energiyasi, muqobil energiya manbalari

18.05.21 - 25.05.21

WR Packaging Expo 2021

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Davra suhbati uchrashuvlari: o'simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan kompleks himoya qilish konsepsiyasini muhokama qilmоqdamiz

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi hamda Rossiya Fedaratsiyasini moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida o‘simliklar karantin inspeksiyasi vakillari bilan o‘simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan kompleks himoya qilish konsepsiyasini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbatlari uyushtirildi.

Ishlab chiqilayotgan hujjat o‘simliklarni himoya qilish tizimidagi ishlarni yaxshilash, hosildorlikni oshirish, bog‘larning fitosanitar holatini yaxshilash, shuningdek ekologik toza mahsulotlarni yetishtirishda ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan.

"Ishonchim komilki, aholining xabardorligini oshirish, boshqa tashkilotlar, fermerlar, bog‘bonlar bilan yaqin hamkorlik qilish hamda bir vaqtda ommaviy profilaktik himoya choralarini ko‘rish barqaror ijobiy natijalarni beradi", - deydi To‘raqo‘rg‘on viloyati karantin xizmati inspektori Rasuljon Xolmirzayev.

Davra suhbatlari mobaynida olib borilgan guruh ishlari natijalariga ko‘ra ishtirokchilar tomonidan 50 dan ortiq tavsiya va takliflar ishlab chiqib, taqdim qilindi. Kelgusida ulardan saralab olingan eng yaxshilari o‘simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan kompleks himoya qilish konsepsiyasiga kiritiladi.

SSP Axborot-xizmati 

 

16.03.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06