12.04.21

Har bir “VATT” qadrli

9.04.21

“Yoshlar:1+1” dasturi davom etmoqda

9.04.21

«Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi qarori ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

9.04.21

Rossiya federatsiyasining Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Kurochkin Dimitriy Nikolaevich boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

8.04.21

Ommaviy tartibsizliklarga da'vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

28.04.21 - 30.04.21

Oziq-ovqat sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 136 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori (ID-29205) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1.Loyihaning 2-ilovasi 5-bandi beshinchi xatboshiga koʼra, “ixtisoslashgan taʼlim muassasasi – xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shugʼullanadigan А.Аvloniy nomidagi institut, hududiy markaz, nodavlat taʼlim tashkiloti va oliy taʼlim muassasasi”.

Qonunchilik texnikasi talablaridan kelib chiqib, “muassasasi” soʼzini “tashkiloti” soʼziga almashtirish maqsadga muvofiq.

2.Loyihaning 2-ilovasi 9-bandi oltinchi xatboshisiga koʼra:

“Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlari:

loyihaning 2-ilovasi 9-bandi oltinchi xatboshiga koʼra, har bir xalq taʼlimi xodimi tomonidan oʼzining elektron portfoliosini shakllantirish, unga oʼz individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va oʼzlashtirgan oʼquv dasturlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning kiritilishini tashkil qiladi”.

Taʼkidlash joizki, “elektron portfoliosi” tushunchasi loyihada bir nechta oʼrinda qoʼllanilgan.

Biroq, loyihada mazkur tushunchaga taʼrif berilmagan.

Bu esa, oʼz navbatida, noaniqliklarga hamda ushbu tushunchani turlicha talqin qilinishi holatlariga olib kelishi mumkin.

Shu bois, “elektron portfoliosi” tushunchasiga taʼrif berib ketish lozim.

3.Loyihaning 2-ilovasi 66-bandiga koʼra, “Xalq taʼlimi xodimlarining har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini oʼzlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yigʼishlari  majburiy hisoblanadi”.

Biroq, loyihada kredit ballarini berish tartibi ochiqlanmagan.

Bu esa, oʼz navbatida, noaniqliklarga hamda mazkur normani turlicha talqin qilinishi holatlariga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, loyihada kredit ballarini berish tartibini belgilab qoʼyish lozim.

4.Loyihaning 3-ilovasi 5-bandi oʼn birinchi xatboshiga koʼra, “nodavlat taʼlim tashkilotlari – davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va oʼquv dasturlariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʼrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida taʼlim xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxs”

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-son Farmoni 3-ilovasi 4-bandiga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab maktabdan tashqari taʼlim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatlari uchun litsenziya bekor qilingan hamda xabardor qilish tartibi joriy etilgan.

Shu bois, “huquqini beradigan litsenziya asosida” soʼzlarini “huquqiga ega” soʼzlari bilan almashtirish lozim.

5.Loyihaning 3-ilovasi 2 va 3-boblarida xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shugʼullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatiga bir qator talablar hamda ularni Xalq taʼlimi vazirligi reestriga kiritish tartibi belgilanmoqda.

Yaʼni, kadrlar malakasini oshirish faoliyati bilan shugʼullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatiga qoʼshimcha talablarni hamda yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillarini belgilash taklif etilmoqda.

Shuni inobatga olish lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-son Farmoniga muvofiq, Аdliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʼgʼrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi (ID-24646) Qarori loyihasi ishlab chiqilgan hamda kelishish uchun https://project.gov.uz/ portaliga joylashtirilgan. Yaʼni, xabardor qilish tartibi yagona normativ-huquqiy hujjatda belgilanmoqda.

Bunda, xabardor qilish tartibida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan boshqa normativ-huquqiy hujjatda qoʼshimcha talablarni belgilash noaniqliklarga olib kelishi mumkin hamda mazkur sohada huquqni qoʼllashning yagona amaliyotini taʼminlash imkonini bermaydi.

Shundan kelib chiqib, kadrlar malakasini oshirish faoliyati bilan shugʼullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlariga qoʼyiladigan talablarni Аdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatda nazarda tutish toʼgʼri boʼlar edi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada kadrlar malakasini oshirish faoliyati bilan shugʼullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlariga qoʼyiladigan talablarni chiqarib tashlash hamda vakolatli organni xabardor qilgan barcha kadrlar malakasini oshirish faoliyati bilan shugʼullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlarni Xalq taʼlimi vazirligi reestriga kiritilishini aniq belgilab qoʼyish maqsadga muvofiq.

6.Loyihaning 3-ilovasi 9-bandiga koʼra, “Talabgor nodavlat taʼlim tashkilotidan xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari reestriga kiritish boʼyicha xizmat koʼrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʼim undiriladi”.

Bunda reestrga kiritganlik uchun yigʼim undirilishi belgilanmoqda.

Biroq, Soliq kodeksining 16-moddasi ikkinchi qismiga koʼra, “Yigʼim deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy toʼlov tushuniladi, bu yigʼimning toʼlanishi uni toʼlovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri boʼladi”.

Yaʼni, yigʼimlar, xususiyatiga koʼra, biror yuridik harakatni amalga oshirganlik, xususan, biror harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berganlik uchun undiriladi.

Xabarnoma yuborish tartibida esa, vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydi. Vakolatli organ faqatgina tegishli faoliyat bilan shugʼullanayotgan subyektlarning hisobini yuritadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan reestrga kiritganlik uchun yigʼim undirilishini nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

SSP Аxborot-xizmati 

26.02.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06