26.02.21

Intellektual mulk himoyasi tizimidagi yangiliklar

26.02.21

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

26.02.21

SSP tomonidan Xiva shahrida investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni oʼrganildi.

25.02.21

Italiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Аgostino Pinna Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

25.02.21

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan oʼzbekistonda kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʼyicha vebinar tashkil etildi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Sud qarorlarini qayta koʼrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati

Joriy yilning 12 yanvarida Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (OʼRQ–663-son) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan oʼzgartirishlarga koʼra, ishlarni nazorat tartibida koʼrish instantsiyasi tugatildi.

Ilgari, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʼrilgan ishlar Oliy sud Rayosati va iqtisodiy ishlar boʼyicha sudlov hayʼati tomonidan nazorat tartibida koʼrilar edi.

Endilikda kassatsiya tartibida koʼrilgan ishlar umumiy asoslarda takroran koʼrilishi mumkin.

Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqli ekanligi belgilandi.

Investitsiyaviy nizolar boʼyicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) investitsiya shartnomalarini tuzish, oʼzgartirish va bekor qilish bilan bogʼliq nizolar;

2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar;

3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bogʼliq nizolar;

4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bogʼliq nizolar;

5) investitsiya shartnomasi boʼyicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma boʼyicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar oʼrnini qoplash toʼgʼrisidagi nizolar.

Yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xoʼjalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ oʼrtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi.

Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi bilan qoʼzgʼatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.

Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi.

SSP Matbuot xizmati

25.01.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06