3.03.21

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida eksportga ko‘maklashish bo‘yicha vakolatli vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari tarkibidagi Ishchi guruhining videomuloqoti bo‘lib o‘tdi

2.03.21

SSP raisi kulollar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

1.03.21

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi

1.03.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

1.03.21

Bahorgi agrotexnik tadbirlar avjida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Innovatsion texnologiyalarni mahalliylashtirish va hayotga tatbiq etish

BMT Taraqqiyot dasturi va Savdo-sanoat qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti va Inxa universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda mini agrometeorologik stansiyalarning prototiplari, shuningdek ob-havo ma’lumoti, agrometeorologik ma’lumotlarni taqdim etish va ekinlar kasalliklari va zararkunandalari tarqalishini bashorat qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Ayni paytda 6 ta namunadagi mahalliy agrometeorologik stansiyalar o‘rnatilib ishga tushirildi va joriy yil oxiriga qadar Farg‘ona vodiysi hududlarida mazkur stansiyalardan yana 9ta o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu prototiplar xorijiy analoglaridan qanday farq qiladi? Bu, birinchi navbatda, ularning arzonligi, ularning narxi chet elnikiga qaraganda deyarli 5 baravar arzonroq. Ikkinchidan, ularning mahalliy serverlarga ulanishi obuna paytida narx ustunligini beradi, hozircha mazkur xizmat bepul, chunki bu va boshqa operatsion xarajatlar va ob-havo stansiyalaridagi boshqa ishlar xozirda o‘simliklarning karantin davlat inspektsiyasi tomonidan qoplanmoqda.

Narxlarning afzalligi ushbu ixtirolarning yagona xususiyatlari emas. Bundan tashqari, ular yordamida onlayn tarzda 7 dan ortiq meteorologik kuzatuvlarni olib borish, saqlangan ma’lumotlarni interaktiv grafikalar ko‘rinishida taqdim etish, 7 kun va undan ko‘proq vaqt davomida 10 dan ortiq ko‘rsatkichlar bilan hududning eng aniq prognozini chiqarishi mumkin. Shuningdek, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida ularning mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda 6 o‘simlik turi bo‘yicha 30 dan ortiq kasallik va zararkunandalarni modellashtirish dasturi ishlab chiqildi, kelajakda bu ko‘rsatkich ko‘payishi ehtimoli bor. Va qolaversa, mahalliy agrometeostansiyalarning eng katta afzalliklardan biri - boshqaruv paneli, shuningdek taqdim etilgan ma’lumotlar o‘zbek tilida taqdim etiladi.

Ayni paytda ushbu stantsiyalar sinov va aprobatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda, ammo hozirda o‘simliklar, karantin xizmati foydalanuvchilari, fermerlari va inspektorlari bizning ishlanmalarimiz hech qachon chet ellik hamkasblaridan qolishmasligini ta’kidlamoqdalar.

Agrometeorologik stansiyalarni o‘rnatish va qo‘llash ishlari Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko‘magidagi "Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

SSP Axborot-xizmati 

18.01.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06