26.02.21

Intellektual mulk himoyasi tizimidagi yangiliklar

26.02.21

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

26.02.21

SSP tomonidan Xiva shahrida investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni oʼrganildi.

25.02.21

Italiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Аgostino Pinna Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

25.02.21

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan oʼzbekistonda kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʼyicha vebinar tashkil etildi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi oʼrinbosari Palataning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi masʼullari bilan uchrashdi

Joriy yilning 12 yanvar kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov Palataning Jizzax hududiy boshqarmasida boʼlib, boshqarma faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, I.Jasimov raisligida viloyat hududiy boshqarmasi masʼullari ishtirokida yigʼilish oʼtkazildi.

Yigʼilishda Palataning asosiy vazifalari tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, biznesni tashkil etish, yuritish hamda rivojlantirishda yordam koʼrsatish ekanligi taʼkidlanib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, tuman (shahar) Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazlari faoliyatini rivojlantirish, xodimlarning masʼuliyatini oshirish, oʼzaro axborot almashinuvini yaxshilash va tadbirkorlik subʼektlariga sifatli xizmat koʼrsatish sohasiga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, yigʼilish davomida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusini amalga oshirish mexanizmi boʼyicha tushunchalar berililib, mazkur tashabbusdan koʼzlangan asosiy maqsad davlat – xususiy sherikchilik tamoyiliga asoslangan holda yoshlarni band qilish mexanizmini yaratish ekanligi qayd etildi.

Shu tariqa hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish, “Yoshlar: 1+1” tashabbusi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlik koʼnikmalari va kasb-hunarga oʼqitish orqali ularning bandligini hamda tadbirkorlikka keng jalb qilishni taʼminlash ishlarini mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali amalga oshirish lozimligi bildirilib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

SSP Аxborot-xizmati 

13.01.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06