
“IBS” loyihasi doirasida oʼqitilgan tadbirkorlarga sertifikatlar topshirildi.
Habaringiz bor, biznesni integratsiyalashgan holda qoʼllab-quvvatlash dasturi Yaponiya hukumatining moliyaviy koʼmagi hisobidan amalga oshirilayotgan boʼlib, dastur kichik korxonalarning raqobatdoshligini oshirish, ularning samaradorligini oshirish va oʼsishiga koʼmaklashish maqsadida ularni konsulьtativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha yakunlari boʼyicha tanlab olingan tadbirkorlik subʼektlariga 10,000 АQSh dollarigacha grant mablagʼlari ajratish maqsad qilib olingan. Dasturning maqsadi – pandemiya tufayli inqirozlarga tushgan kichik korxonalarga texnikaviy koʼmaklashish (konsulьtatsiyalar va grantlar orqali).
Mazkur loyihaning navbatdagi bosqichi oʼz nihoyasiga yetgan boʼlib, Savdo-sanoat palatasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) doirasida “Biznesni integratsiyalashgan holda qoʼllab-quvvatlash dasturi” boʼyicha Fargʼona viloyatidan tanlab olingan hamda 07.12.2020 yildan 08.01.2021 yilga qadar Oʼzbekistonning tajribali mutaxassislari tomonidan “Marketing strategiyasi va savdoni boshqarish”, “Operatsion menejment va jarayonni optimallashtirish”, “Moliya asoslari”, “Yumshoq koʼnikmalar va jamoani shakllantirish” mavzularida oʼtkazilgan treninglar yakuni boʼyicha faol ishtirok etgan tadbirkorlarga sertifikatlar taqdim etildi.
Shuningdek Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand viloyatlarida ham “IBS” loyihasi doirasida oʼqitilgan va yakuniy test sinovlarida yuqori natijaga erishgan tadbirkorlar maxsus sertifikatlar va loyihaning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun yoʼllanma bilan taqdirlanishdi.
Аyni vaqtlarda loyiha spikerlari tomonidan navbatdagi bosqichni boshlash uchun qizgʼin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
12.01.2021
14:52