3.03.21

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida eksportga ko‘maklashish bo‘yicha vakolatli vazirlik va idoralar mas'ul xodimlari tarkibidagi Ishchi guruhining videomuloqoti bo‘lib o‘tdi

2.03.21

SSP raisi kulollar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

1.03.21

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi

1.03.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

1.03.21

Bahorgi agrotexnik tadbirlar avjida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SSP raisi А.Ikramov Bulungʼur tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtqazdi.

Savdo-sanoat palatasi Raisi А.Ikramov  Samarqand viloyati Bulungʼur tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazib ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov  Bulungʼur tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, jumladan “Marokand Sifat” MChJning ip–kalava ishlab chiqarish hamda “Bulungʼur Sandvik” MChJning sabzavotlarni qayta ishlash faoliyati bilan tanishdi.

Tanishuv davomida ular faoliyatida mahsulot sifatini yoʼqotmaydigan quritilgan meva-sabzavotlarni eksport hajmini oshirish masalalariga katta eʼtibor qaratish hamda  mahsulotlar turlarini yanada koʼpaytirish yuzasidan takliflar bildirdi.

Bugungi kunda, mamlakatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik koʼnikmasi va tajribasiga ega boʼlgan aholini va boshqa kichik biznes vakillari salohiyatini roʼyobga chiqarish orqali ular faoliyatini kengaytirish, rivojlantirishga qaratilgan toʼlaqonli tizimni yaratish, aholining tadbirkorlikka qiziqishi, intilishi va manfaatdorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan motivatsion chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi bilan tadbirkorlarni tanishtirdi.

Xususan, “Bulungʼur Sandvik” MChJ jahon bozorida yuzaga kelgan holat yangi (barra) koʼkatlar boʼyicha Rossiya, Belarus va Ukrainada mahsulot narxi oʼsgani hamda aksincha, Gruziya va Tojikistonda mahsulot narxi pasayganini kuzatilgani va Ukraina bozorida barra petrushka oʼrtacha narxi 43% ga oshgani va umumiy narxlar oraligʼi 2,20-2,75 doll/kg yetgani, ukrop narxi sezilarli darajada oʼsgani, bunda narxlar 1,83-2,57 oraligʼida hamda kinza narxi esa 2,57-4,04 doll/kg boʼlib, narxlar pasayish tendentsiyasiga ega boʼlayotganligi toʼgʼrisida maʼlumotlar berdi.

Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4707-son Qaroriga muvofiq, Eksport qilishda avtomobil, temir yoʼl va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinishi, yaʼni tashish xarajatlarini 50 foizigacha kompensatsiya qilinishi natijasida tadbirkor ixtiyoriga 80 mln. soʼm miqdorida mablagʼlar tejab qolinganligi taʼkidlab oʼtildi.

Uchrashuvlar davomida respublika tadbirkorlari singari Bulungʼurlik tadbirkorlar ham pandemiya tufayli qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 20 ga yaqin Farmon va Qarorlarida belgilangan imtiyozlarning bir nechtasidan bir vaqtning oʼzida foydalanganligini bildirishdi.

Bundan tashqari, “Navbaxor” MFY xududida faoliyat yuritayotgan YaTT “Egamberdieva Mexri”  va YaTT “Turaqulov Sherzod” larning ish faoliyatlari bilan tanishib, ular faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan masalalar va ularning yechimi yuzasidan  taklif va mulohazalarini bildirdi.

SSP Аxborot-xizmati 

11.01.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06