22.01.21

Mijozlar va banklar oʼrtasidagi munosabatlarda nima oʼzgardi?

21.01.21

Hududiy eksport shtablari tashkil etiladi

19.01.21

SSP raisi Misr Аrab Respublikasining Oʼzbekistondagi Favqulodda va Muhtor elchisi bilan uchrashdi

19.01.21

Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov Saudiya Аrabistoni ishbilarmon doira vakillari bilan onlayn muloqot oʼtqazdi

19.01.21

Savdo-sanoat palatasi raisi А.I.Ikromov Ukrainaning Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi. 

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida ATA Karnet xalqaro tizimini joriy etish bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi

Tashqi savdo tartibini soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bosqichma-bosqich xalqaro konvensiyalar joriy etilmoqda va ular xorijiy davlatlar bilan tashqi savdoni olib borish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

Bugungi kunda dunyoda tovarlarni vaqtincha olib kirish, xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda qatnashish uchun professional uskunalar, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun xaridorlarni izlash hamda savdo bozorlarini kengaytirish hajmi yil sayin oshib bormoqda.

Tovarlarni vaqtincha olib kirishni yengillashtirish uchun Jahon bojxona tashkiloti Xalqaro savdo palatasi bilan birgalikda 1990 yil 26 iyundagi 78 dan ortiq davlatlar tomonidan shu jumladan, O‘zbekiston ham ratifikasiya qilgan Vaqtinchalik olib kirish to‘g‘risidagi Istanbul Konvensiyasi qabul qilingan.

Joriy yilning 13 noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Germaniyaning Xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida “Markaziy Osiyoda savdo tartib-taomillarini soddalashtirish” mintaqaviy loyihasi doirasida vebinar bo‘lib o‘tdi.

Vebinarda xorijiy mutaxassis, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi Savdo-sanoat palatasi maslahatchisi N.Sukurov tomonidan 1990 yil 26 iyundagi Vaqtincha qabul qilish to‘g‘risidagi Istanbul konvensiyasi qoidalari asosida «ATA Karnet xalqaro tizimiga kirish» mavzusida  taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu taqdimotda vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Konvensiya (Istanbul konvensiyasi) qoidalari, uning qo‘llanilishi, ATA Karnetdan foydalanishning maqsad va afzalliklari, ATA Karnet hujjatlaridan foydalanish shartlari, ATA Karnet hujjatlarining turlari, shakllari va rejalashtirish tartibi, shuningdek, ATA Karnet shartlari buzilgan taqdirda ko‘riladigan sanksiyalarining qo‘llanilishi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Taqdimot yakunlari bo‘yicha vebinar ishtirokchilari o‘rtasida xorijiy mutaxassis bilan O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Istanbul Konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

SSP Matbuot xizmati

13.11.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06