25.01.21

Tadbirkorning qonuniy manfaatlari himoya qilindi

24.01.21

Oʼzbekiston-Saudiya Аrabistoni ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

24.01.21

Parkent va Yuqorichirchiq tumanlari homikliklarida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusini amalga oshirish boʼyicha yigʼilish boʼlib o'tdi

22.01.21

Dorivor oʼsimliklarni yetishtirayotgan korxona faoliyati oʼrganildi

22.01.21

“Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi doirasida tashkil qilingan ishchi guruh Surhandaryo viloyatida ish boshladi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O'zbek-Turkman ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi

2020 yil 7 oktyabr kuni O‘zbekiston va Turkmaniston Savdo-sanoat palatalari tomonidan O‘zbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining videokonferesiya shaklidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishbilarmonlar kengashining milliy bo‘limlari raisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, shuningdek, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi raisi Dovletgeldi Rejepov qatnashdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekistondan O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulotda va Muxtor Elchisi A.Qo‘chqorov, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi M.Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i N.Xoshimov, Tashqi ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i A. Xadjaeva, shuningdek, bir qator  vazirlik va idoralar, hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Turkmanistondan, Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ya.Mamedov, Turkmaniston Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining agrar islohotlar va jahon tajribasi boshqarmasi boshlig‘i G.Guseynov, “Tenekar” farmasevtika korxonalari direktori, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Turkmensenagat” uyushmasi va Turkmaniston tibbiyot sanoati rahbari S. Akgaev va boshqa mas'ul vazirlik va idoralarning vakillari, shuningdek tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu ishbilarmonlar kengashi 2018 yil aprel oyida Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-investisiya, transport-logistika sohalarida, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu Ishbilarmonlar kengashi iqtisodiy muloqotni faollashtirishga xizmat qilib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida qulay sharoitlar yaratishga asos yaratadi. O‘zbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlar kengashi turli sohalardagi potensial investisiya loyihalarini muhokama qilish va amalga oshirish uchun platforma bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Ishtirokchilarning ta'kidlashlaricha,  so‘nggi 2 yil ichida ikki tomonlama hamkorlik jarayonida Ashxabodda bo‘lib o‘tgan "Made in Uzbekistan” Milliy ko‘rgazmasida 70 ga yaqin o‘zbekistonlik kompaniyalar vakillari qatnashgan, shu bilan birga Turkmaniston tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi, shuningdek Toshkentda qo‘shma o‘zbek-turkman biznes forumi tashkil etilgan.

Kun tartibida sanoat va transport, to‘qimachilik sanoati, sog‘liqni saqlash va farmasevtika, shuningdek, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan global iqtisodiyotdagi og‘ir davrda hamkorlar topishga ko‘maklashish va ikki mamlakat biznes vakillari o‘rtasida “B2B” formatidagi muzokaralarni ta'minlash orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv davomida, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy istiqbolli tarmoqlari taqdimoti namoyish etildi. Shuningdek, Turkmaniston qatnashchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, Respublikada investisiyalar kiritish va biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirib o‘tildi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda turkman kapitali ishtirokidagi 148 korxona, 66 qo‘shma korxona va 100 foiz turkman kapitali ishtirokidagi 88 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida, Turkmaniston tomoni so‘nggi uch yil davomida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur'atlari va mamlakatning xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirishdagi faoliyatini yuqori baholadi.

Ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 30 dan ortiq vakillari ishtirok etishi ushbu tadbirning o‘ziga xos xususiyatidir. Ishbilarmonlar kengashi aynan ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadigan, sheriklik aloqalarini o‘rnatish va yangi aloqalarni topish uchun sharoit yaratadigan, shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmonlari o‘rtasida biznes aloqalari sohasida yuzaga keladigan aniq muammolarni hal qiladigan platformaga aylandi.

SSP axborot xizmati

07.10.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06