O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining tarjimai holi

11295

Alisher Erkinovich Shayxov 1956 yil 7 noyabrda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1979 yil Toshkent Davlat Universiteti Sharqshunoslik fakultetining tarix bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. 1983 yil iqtisod fanlari nomzodi bo‘lgan.

Mehnat faoliyati:

1979-1992 yillar Sharqshunoslik instituti Ilmiy Akademiyasining ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari;

1987-1988 yillar Misr Arab Respublikasi Qohira Universitetida ish o‘rganuvchi;

1992-1993 yillar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili Bosh boshqarmasi boshlig‘i;

1993-1994 yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i;

1994-1995 yillar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari;

1995-1996 yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshlig‘i;

1996-1998 yillar O‘zbekiston Respublikasining GFR va Avstriya Respublikasidagi elchixonasida favqulotda va muxtor elchi, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) huzuridagi O‘zbekiston Missiyasi boshlig‘i;

1998-2001 yillar O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida favqulotda va muxtor elchisi;

2001-2004 yillar O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasida favqulotda va muxtor elchisi, Evropa Hamjamiyati huzuridagi O‘zbekiston Missiyasi boshlig‘i, NATO huzuridagi O‘zbekiston Missiyasi boshlig‘i;

09.2004-12.2005 yillar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi;

12.2005-04.2006 yillar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri;

04.2006 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.