17.08.2016 6671

Zamonaviy mini-texnologiyalarni sanoat sohalariga jalb qilish masalalari muhokama etildi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi respublikamizda sanoat korxonalari uchun mini-texnologiya va asbob-uskunalarni olib kelish tarmoqdagi ishlab chiqarish korxonalarini texnologik modernizatsiya qilish muammolarini hal etish hamda mahalliy korxonalar tomonidan istiqbolda asbob-uskunalarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish yo‘nalishlarini belgilash maqsadida 2016 yil 17 avgust kuni O‘zSSPning katta majlislar zalida mini-texnologiya va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xorijdan etkazib beruvchilar hamda mutasaddi davlat organlari ishtirokida davra suhbatini o‘tkazdi.

    

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad asbob-uskuna ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalar hamda zamonaviy va mahalliy materiallarni qo‘llashning imkoniyatlari, tarmoq korxonalarida mavjud texnologiya va jihozlarni modernizatsiya qilishning istiqbollari, yangi turdagi mini-texnologiyalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda bu boradagi mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etishga oid masalalarni muhokama etish hamda tarmoqni kelgusida rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Unda “Xududlarda sanoat saloxiyatini oshirish va mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish yullari”, “Zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar sanoat ishlab chiqarish korxonalarini yaratishda soliq imtiyozlari va preferentsiyalarini qo‘llash imkoniyati”, “Tadbirkorlik sub’ektlarning xususiy mulkini ximoya kilish borasida olib borilaetgan isloxotlar va bu borada kabul kilinaetgan normativ xukukiy xujjatlar to‘g‘risida” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

    

Davra suxbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank mas’ul xodimlari, «O‘zstandart» agentligi, Olmaliq kon metallurgiya kombinati, O‘zmetkombinati va Navoiy kon metallurgiya kombinati va respublikamizda asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchi tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etdilar.

Tadbir yakunlari bo‘yicha sanoat korxonalari uchun mini-texnologiya va asbob-uskunalarni olib kelish, tarmoqdagi ishlab chiqarish korxonalarini texnologik modernizatsiya qilish muammolarini hal etishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

Taqdimotlar
 

O‘zR SSP Matbuot xizmati