16.08.2016 3013

Nukus shahrida “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi


2016-yil “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturining 52-bandida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga ishbilarmonlik kunikmalarini shakllantirish, o‘larni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Kamolot” YoIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Markaziy bank, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston boshqarmasi, “Mikrokreditbank”, “Agrobank”, “Qishloq qurilish bank”, “Ipoteka bank”, “Asaka Bank” tijorat banklari, «Hunarmand» birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlar kengashi bilan hamkorlikda “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovining respublika bosqichi 8-10 avgust kunlari Nukus shahrida joylashgan “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tdi.  

    

“Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovining Nukus shahri bosqichi 2016-yil 10-iyun kunida bo‘lib o‘tgan  edi, tanlovining birinchi bosqichida biznes trenerlar tomonidan yoshlar orasida va mahalla fuqorolar yig‘inlaridagi 30 yoshgacha bo‘lgan 3000 mingdan ortiq yoshlar qamrab olindi va bu tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga eng kam ish haqining 50% barovaridan 500 barovarigacha bo‘lgan miqdorida “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tomonidan kredit foizlarini to‘lab berish haqida aytib o‘tildi.

    

Tanlovning 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar tanlovning keyingi boskichiga yullanmani qulga kiritib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 160 dan ortiq yoshlarning biznes rejalari tanlab olindi. Undan avval Palata, “Kamolot” YoIH va bank xodimlari tomonidan tanlov ishtirokchilariga biznes reja tuzish to‘g‘risida trening-mashg‘ulotlarini o‘tkazildi.

Tanlovning birinchi kuni ishtirok etgan 85ta ishtirokchi yoshlarning biznes rejalari ko‘rib chiqildi, ikkinchi kuni esa, eng yaxshi deb topilgan 40ta biznes rejalari xay’at a’zolari tomonidan saralandi.

    

Ular ichidan eng yaxshi deb 10 dona biznes reja tanlab olindi va tanlovning 3-bosqichi ga yullanmaga ega bo‘ldilar. Tanlovning 3-bosqichi Toshkent viloyatining Bustonliq shaxridagi “Kamolot” yoshlar yozgi dam olish markazida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar diplom va imtiyozli kreditlar bilan taqdirlanadi.

O'zR SSP Matbuot xizmati