24.09.2020 143

SSPning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida viloyat xokimiligi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi



O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi binosida  2020 yil 23 sentyabr kuni sayyor qabul o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi PF-5978-sonli Farmoni  ijrosi yuzasidan Navoiy viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, markaziy bank va tijorat banklari hamda tegishli tashkilotlar raxbarlari ishtirokida hududdagi mavjud muammoli 15 ta tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan 15 nafar tadbirkorlarni muammolari xal qilib berildi.

Muammolari yechilgan tadbirkorlar tomonidan minnatdorchilik xatlari bildirildi.

SSP axborot xizmati