11.09.2020 184

Farg‘ona viloyatida "Tadbirkor-islohotchi” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan ta'sirchan ishlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi


2020 yil 10 sentyabr' kuni Farg‘ona viloyati iqtisodiy sudi binosida “Tadbirkor-isloxotchi” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan ta'sirchan ishlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Farg‘ona viloyati iqtisodiy sudi, Farg‘ona viloyati prokuraturasi, Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Farg‘ona viloyati qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Farg‘ona viloyat markaziy bank boshqarmasi, Farg‘ona viloyat hokimligi investisiya va tashqi savdo boshqarmasi, Bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi vakillari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdi.

Seminarda Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudi raisi T.Atabaev “Tadbirkor - islohotchi” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub'ektlari bilan ta'sirchan ishlash”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud'yasi S.Raxmonov “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini sud organlari tomonidan himoya qilishning ochiqligi va shaffofligi”, Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining raisi A.Raximov “Sud majlislarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga qaratilgan islohotlar”, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi “Tadbirkorlik sub'ektlariga berilayotgan imtiyozlar hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda adliya organlarining o‘rni”, Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi mas'ul xodimi “Tadbirkorlik sub'ektlariga soliq to‘lovlari bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar hamda preferensiyalar” va Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining mas'ul xodimi “Tadbirkorlik sub'ektlariga bojxona to‘lovlari, import va eksport qilinayotgan mahsulotlarni bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirilishida berilayotgan imtiyozlar hamda preferensiyalar” mavzusida ma'ruza qildi.

Seminar davomida viloyatda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari, jumladan, “A.Akbarali” MChJ rahbarining “matolarni bo‘yash uchun xovuzlar tashkil etishga yordamlashish”, “Marg‘ilon yodgorliklari” korxonasi tomonidan olingan kredit uchun qo‘yilgan garov ta'minotini qayta baholash, “Obod zamin qurilish” MChJning Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi qaroridan nusxa olishni tezlashtirishga yordamlashish, “Moderna keramiks” MChJning mahsulotlarini boshqa jismoniy shaxslar tomonidan noqonuniy eksportini amalga oshirishga chek qo‘yish” kabi masalalar mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi va muammolar joyida hal etildi.Seminar yakunida tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi..

SSP Axborot-xizmati