10.09.2020 142

Toshkent viloyatida tadbirkorlik sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi.


2020 yilning 4 sentyabr' kuni Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Akbarov 2020 yilning 8 oyi yakuni bo‘yicha Toshkent viloyatida tadbirkorlik sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha brifingda ishtirok etdi. Ushbu brifingda hunarmandchilik sohasida bank krediti, tadbirkorlik sub'ektlarini 2020 yilda 2 barobarga oshirish hamda boshqa sohalarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Bugungi kunda, Toshkent viloyatida 2020 yilning 1 avgust holatiga, Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari yuridik shaxslar) son 59 293 tani tashkil etadi.
2020 yil mobaynida savdo va umumiy ovqatlanish (811ta), sanoat va ishlab chiqarish (4985), xizmat ko‘rsatish (88ta), qishloq xo‘jaligi  (169ta), transport (63ta) va boshqa (468) sohalarda jami 6739 ta yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etildi. Xususan, joriy yil yanvar-avgust oylarida 5 468 ta sub'ekt tashkil etilgan. Shuningdek, ulardan 825 tasi oilaviy korxona sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Prognozning dastlabki 8 oyi yakuni bo‘yicha Bo‘ka (129 foiz) hamda Piskent (106 foiz) tumanlarida reja ijrosi bir necha barobar ortig‘i bilan bajarilgan.

2020 yilda qiymati 30,7 mlrd. so‘mlik, shundan 27,6 mlrd. so‘mi bank krediti bo‘lgan 832 ta hunarmandchilik loyihalari amalga oshirilishi belgilangan. Amalga oshirilgan ishlar va bu boradagi ko‘rsatkichlar bilan batafsil havola orqali ma'ruzada tanishishingiz mumkin.

SSP Matbuot xizmati