09.07.2020 236

Bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanish maqsadida markaz tashkil etildi


Mamlakatimizda barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar joriy etilib kelmoqda, jamiyatimizda investisiyaviy muhitni yaratish, davlat mulki bo‘lgan binolar va inshootlar bo‘yicha yangi tizimni tadbiq etish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 01 iyuldagi PQ-4771-sonli “Bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.

Mazkur Qarorga ko‘ra, Agentlikning Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida O‘zbekiston Respublikasi aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi (hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarini) tuzildi.

Markazning asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:

  • mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha toifadagi bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini (keyingi o‘rinlarda — bo‘sh turgan ob'ektlar) aniqlash va hisobini yuritish;
  • bo‘sh turgan davlat mulki ob'ektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishni tashkil etish;
  • ijaraga berilgan davlat mulki ob'ektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
  • ijaraga berilgan davlat mulki ob'ektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
  • davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki ob'ektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
  • davlat muassasalari (korxonalari)ga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki ob'ektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob'ektlarini olib qo‘yish;
  • qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki ob'ektlarini buzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
  • bo‘sh turgan xususiy mulk ob'ektlarini ularning mulkdorlari ixtiyoriga ko‘ra ijaraga berilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish.

Tegishli davlat organlaridan bo‘sh turgan ob'ektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Markaz tomonidan avtomashtirilgan tizim orqali olinadigan bo‘ldi.

        Har yili 1 aprelga qadar Markaz bo‘sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.

        Markaz ob'ektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘zining veb-saytida joylashtiradi va yangilab boradi.

        Foydalanmayotgan ob'ektlarni aniqlash va xo‘jalik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha ishchi guruhlar hududiy boshqarmaga axborot berib boradi.

        Markaz tomonidan har chorakda bo‘sh turgan ob'ektlar ro‘yhatini
Savdo-sanoat palatasiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga kiritib boradi.  

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab  Markazda barcha auksion savdolari natijalari QD-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi.

“E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartib joriy etiladi:

  • mobil' idenfikasiya qilish ilovalar orqali auksionda ishtirok etish;
  • ijaraga berish shartnomasi elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtirish;
  • Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan katalogni yaratish.

Mazkur Qaror mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, davlatimizniinvestisiyaviy imidjini oshirish maqsadida bo‘sh turgan ob'ektlardan foydalanishda ortiqcha ovoragarchiliksiz amalga oshirilishsh va bu jamiyatdagi barcha tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini yuritishga yengillik yaratadi.

SSP Matbuot xizmati