02.07.2020 310

Huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish soddalashtirilmoqda


Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, sud huquq tizimini liberallashtirish borasida yangi zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 iyundagi VMQ-407-sonli “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.

Mazkur Qarorda Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari bilan birgalikda “Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi yagona elektron ish yurituv” loyihasi tuzilib, ushbu loyiha bo‘yicha quyidagi takliflar amaliyotga joriy etish berildi:

  • ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi yagona elektron ish yurituv loyihasi;
  • vakolatli organlar, sudlar va Majburiy ijro byurosi hamda boshqa tashkilotlarning elektron ahborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish;
  • ma'muriy huquqbuzarlikka oid ish yuritishda foydalaniladigan prosessual hujjatlarning yagona elektron bazasini shakllantirish;
  • ortiqcha bosqichlarni bekor qilish va muddatlarni qisqartirish orqali ish yuritish tartibini soddalashtirish;
  • avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi, shaxsni indenfikasiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda Biometrik pasport tizimini modernizasiya qilish.

Ushbu loyiha bo‘yicha Idoralararo komissiyaning tarkibi tasdiqlandi hamda komissiyaning mas'ul vakolatli organi etib Ichki ishlar vazirligi belgilandi.

“Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv” loyihasi 2021 yil 1 yanvarga qadarbo‘lgan Toshkent shahri hududi bo‘yicha ish rejasi va taqsimoti tasdiqlandi.

Soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha huquqbuzarlik ishlarini rasmiylashtirish uchun planshet orqali ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzib, huquqbuzarga elektron yoki qog‘oz shaklida taqdim etiladi, shuningdek, huquqbuzarning biometrik hujjatlarini planshet yordamida yoki yuz tuzilishini rasmga olib yoxud barmoq izlarini tushirish orqali Ichki ishlar vazirligi bazasidan uning shaxsini aniqlaydi.

Huquqbuzar o‘zi sodir etganligiga e'tiroz bildirmagan bo‘lsa, u bayonnomani planshetda barmoq izlarini skaner orqali tushirishi yoki elektron imzosi bilan tasdiqlaydi.

Agarda huquqbuzarning jismoniy nuqsoni bo‘lsa, bayonnomani o‘qish va imzolash imkoni bo‘lmasa, unga bu holatda o‘qib eshittiriladi va vakolatli mansabdor shaxs tomonidan bu haqda bayonnomaga belgi qo‘yadi.

Toshkent shahri hududida yaratiladigan elektron bazaga bayonnoma topshirilgan sanadan e'tiboran 15 kun ichida kelib tushmagan taqdirda, bayonnoma avtomatik tarzda ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni umumiy asoslarda ko‘rib chiqish uchun tegishli vakolatli organga yoki sudga jo‘natadi.

Huquqbuzarga tayinlangan jarima “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali masofaviy to‘lash orqali amalga oshiriladi.

Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyidagi holatlardasoddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi:

  • huquqbuzar yoki jabrlanuvchining e'tirozi bo‘lganda;
  • jarima jazosidan boshqa turdagi ma'muriy jazo qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • ma'muriy tarzda chiqarib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda;
  • zararni undirishni talab qilgan hollarda;
  • huquqbuzarlik sodir etilganligini rad etganda.

Mazkur Qaror ma'muriy huquqbuzarlikka oid bo‘lgan ishlarni yanada takomillashtirish borasida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqishda ortiqcha ovoragarchilikni oldini olish maqsadida sud ishlarini tezlik bilan hal etish uchun zamin yaratadi.

SSP Matbuot xizmati