30.06.2020 205

Savdo-sanoat palatasi hodimlari Qo‘qon shahrida joylashgan “EURO PRINT KOKAND” MChJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashriflarida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishning 42-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.U.Umurzaqov tomonidan tasdiqlangan №24/1-1243-sonli chora-tadbirlar rejasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yil 27 iyun' kuni Savdo-sanoat palatasi hodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida joylashgan “EURO PRINT KOKAND” MChJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va muammosi o‘rganildi. 

“EURO PRINT KOKAND” korxonasi viloyatimizdagi yillik tovar aylanmasi 15,0 mlrd.so'mdan ortiq bo‘lgan korxonalardan biri hisoblanib, 187 nafar ishchi-xodimlar doimiy ish bilan ta'minlangan.Korxonada asosan gofra qutilar, etiketkalar, flaerlar, taklifnomalar va boshqa qog‘ozdan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqariladi.Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham ichki bozorga sotilmoqda ham qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda.

Ishchi guruhning korxonaga tashrif davomida moliya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Nazirova hamda texnik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sobirovlar bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning muammo va takliflari tinglandi.

SSP Axborot-xizmati