26.06.2020 131

Qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha onlayn biznes-forum


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Konya Savdo palatasi bilan birgalikda 2020 yilning 30 iyun' va 1 iyul' kunlari Turkiyadan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha onlayn biznes-forum o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Forumda Turkiyadan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning O‘zbekiston kompaniyalari bilan onlayn uchrashuvi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirda ishtirok etish bepul bo‘lib, «Zoom» platformasi orqali onlayn rejimida o‘tkaziladi, tadbirda ishtirok etish uchun 2020 yilning 29 iyuniga qadar taqdim etiladigan link orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.

SSP Matbuot xizmati