26.06.2020 360

Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Kulolchilik bo‘yicha videokonferensiya tashkil qildi


2020 yil 25 iyun' kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi va “Hunarmand uyushmasi” bilan hamkorlikda Kulolchilik bo‘yicha videokonferensiya tashkil qilindi.

Mazkur videokonferensiyada Savdo-sanoat palatasi Raisi Adham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulotda va Muhtor elchisi Sardor Rustambaev, Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari, “Hunarmand uyushmasi” raisi Ulug‘bek Abdullayev, “Fransiya hunarmandlar uyushmasi”  Prezidenti Jerome Russel ishtirok etdi.

Tashkil etilgan videokonferensiyadan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston va Fransiya hunarmandlari shu jumladan, kulollari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, Fransiya kulollarini mamlakatimizda 2021 yilda tashkil etiladigan II Halqaro Hunarmandlar Festivaliga taklif qilish, Buhoro, Horazm, Rishton, Samarqand va Toshkentda  faoliyat yuritayotgan kulolchilik maktablari faoliyatini halqaro miqiyosda tanishtirish va shu orqali O‘zbekistonnning madaniy me'rosini keng miqiyosda taqdim qilish hisoblanadi.

Videokonferensiya davomida ikki mamlakat kulolchilik doira vakillari tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan anik  loyiha va takliflarni ilgari surish va bajariladigan vazifalarni belgilash yuzasidan O‘zbekiston “Hunarmand" uyushmasi va Fransiya “Fransiya hunarmandlar uyushmasi”  tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash borasida kelishuvlar amalga oshirildi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda "Xunarmand" uyushmasi a'zolari soni 33,218 kishiga yetdi. Xunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan ayollar soni 12 316 yoki 37% ni va 30 yoshgacha bo‘lgan yosh hunarmandlar soni 9646 yoki 30% foizni tashkil etadi. 2019 yil 10-15 sentyabr' kunlari Qo‘qon shahrida I Xalqaro Xunarmandlar Festivali o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu nufuzli tadbirda dunyoning 78 dan ortiq mamlakatidan 500 nafarga yaqin hunarmand, ekspert va olimlar xamda 1400 dan ortiq maxaliy hunarmandlar ishtirok etdilar. (Jumladan, Fransiyadan 2 nafar hunarmand Nikole Guillien – Emallash, Agate Mareau - Chinni fayans yo‘nalishida ishtirok etishgan).

SSP Matbuot xizmati