24.06.2020 275

Uchko‘prik va Bog‘dod tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan Biznes-ombudsman boshchiligidagi Respublika ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 5-6 iyun' kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali va sifatli bajarilishini ta'minlash bo‘yicha Biznes-ombudsman boshchiligidagi Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashishi bo‘yicha “Reja-grafik” tasdiqlangan edi.

Yuqoridagi reja grafikka asosan 2020 yil 15 iyun' kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va Bog‘dod tumanlarida Biznes Ombudsman, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud byurokratik to‘siqlar, muammolar ochiq oydin aytib o‘tildi. Ayniqsa, kredit olishdagi garov ta'minoti, bo‘sh turgan binolarni ochiq auksionga chiqarish, yer ajratish, ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ko‘plab muammolar joyida hal etildi.

SSP Axborot-xizmati