01.04.2020 419

Turli xil - kam ta'minlangan aholi qatlamlariga yordam berilmoqda


Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus kasalligidan tuman aholisini himoya qilish kabi savobli ishni maqsad qilib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olishdi.

Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab joriy etilgan karantin sharoitida yashash sharoitlari biroz og‘irlashgan oilalar mavjud.

Shu masalarni inobatga olib, Savdo-sanoat Palatasi tadbirkorlar bilan iqtisodiy qiynchilikka uchragan 100 nafar oilalarga birinchi zarurat hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi. 

Bu kabi xayriya ishlari Respublika bo‘ylab utkazilmoqda.

 

SSP Axborot xizmati