30.03.2020 408

Sirdaryo viloyatida ham hayriya ishlari davom ettirilmoqda


Yurtimizda, koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va ushbu virus tarqalishini oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy chora tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, bu davrda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan xal etish maqsadida, viloyatlar hamda tuman va shahar xokimliklari, qolaversa tegishili viloyat tashkilotlarining vakillaridan iborat shtatlar tashkil qilindi. 

Respublikaning barcha xududlarda ushbu virus tarqalishini oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari hamda sahovatpesha insonlar tomonidan turli hil xayriya tadbirlari ham amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Mirzaobod tumani xokimligi tomonidan ham hayriya ishlari davom ettirilmoqda.  Birgina Mirzaobod tumanining 17 ta maxllalarida istiqomat qiluvchi kam taminlangan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olindi.

Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshchilig‘i M.Sherbekov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abdullaqulov tumannning “Mirzo Ulug‘bek”, “Tinchlik” va “Toshkent” mahallarida istiqomat qiluvchi 15 nafar ijtioiy himoyaga muhtoj oilalar holidan  habar olinib ularga oziq ovqat mahsulotlari hamda sanitariya gigiena vositalari tarqatildi.

Ushbu tadbirlar Mirzaobod tumanining barcha mahallalari bo‘ylab davom etmoqda. 

Zero hozirgi kunda Jaxonda avj olayotgan koronavirus pandemiyasi yurtimizda tarqalishini oldini olishga barchamiz mas'uldirmiz!

 

SSP Axborot xizmati