28.02.2020 341

Termiz shaxrida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” seminari davom etmokda


Shu yilning 28 fevral kuni Termiz davlat Universitetida tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi Surxondaryo filiali, viloyat Savdo-sanoat palatasi va Bandlik boshqarmasi bilan xamkorlikda navbatdagi o‘kuv seminarini o‘tkazdilar. 

O‘kuv seminarda filial raxbari F.Turaev «Biznes yaratish yulidagi yetti kadam» mavzusida ma'lumot berdi. Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi bandlik Vazirligidan X.Yakubov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi PK 4502 karori bilan tanishtirdi. Qolaversa, «Elektron daftarchalarini shakllantirish» mavzusida ma'ruza kildi. 

Viloyat bandlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Y.Bobokulov «Kadrlarni tanlash va o‘qitish» mavzusida ma'lumotlar berib o‘tdi. Seminarda Termiz shaxar «O‘zbekiston», «Qizil Sharq» va «Bog‘ishamol» maxalla xodimlari va aholisidan 98 nafari katnashib o‘zlarini qiziktirgan savollarga javob olishdi.

 

SSP Axborot xizmati