28.02.2020 882

Jizzax viloyatida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari davom etmoqda


Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Jizzax filiali tomonidan Jizzax Politexnika instituti binosida “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasining faoliyatini axoliga targ‘ib etish maqsadida Joriy yilning 24-28 fevral kunlari o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.  

O‘quv kursda Jizzax shaxar Xokimining birinchi o‘rinbosari A.Alisherov “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan tashkiliy jihatlari va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari” va Tadbirkorlik faoliyati yuritish istagida bo‘lgan yoshlarimizga «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzusida ma'ruza qildi. Shu qatorda o‘quv kursda Jizzax shahar DSI inspektori A.Sunnatov, Buxgalteriya xisobi, solik va moliyaviy xisobot.

Soliqlar va majburiy to‘lovlar ular bo‘yicha imtiyozlar, Savdo va xizmat ko‘rsatishda nazorat kassa mashinalari (virtual kassa) va to‘lov mavzusida xamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasidan Sh.Jo‘raev mexnat qonunchiligi, kadrlarni tanlash va o‘qitish mavzusida, viloyat «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ Jizzax viloyat filiali mutaxasisi B.Muxtorov «Tadbirkorlik faoliyati yuritishda sug‘urta turlari» to‘g‘risida ma'ruza qildi va yoshlarimiz savollariga javob berishdi. O‘quv kursda 50 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarimiz qatnashishdi.

 

SSP Axborot xizmati