26.02.2020 235

Xorazm viloyatida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.


2020 yilning 26 fevral kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholini moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” o‘quv seminari tashkil etildi.

 Ushbu o‘quv seminarda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublikasi markazi Xorazm viloyati filiali bosh mutaxassisi Sadullaev Bobur, ATB Kishlok kurilish bank mutaxassisi Ibodullaev Muxiddin o'z ma'ruzalari bilan qatnashib, seminar ishtirokchilariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi zaruriy bilimlar, banklar tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlar hamda Savdo–sanoat palatasi xizmatlari haqida ma'ruza qilishdi va tadbirkorlikka oid berilgan barcha savollarga javob berishdi.

Ochiq muloqat tarzida o‘tkazilgan seminarda 155  nafar yoshlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan aholi vakillari qatnashdi.

SSP Axborot-xizmati