26.02.2020 513

Xorazm viloyatida «Yoshlar-kelajagimiz» Davlat dasturi bo‘yicha o‘quv kurslari davom etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 avgust 669-sonli qaroriga asosan, “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka keng yo‘naltirish va qiziqtirish, ularga biznes asoslarini o‘rgatish maqsadida 2020 yil 24-28 fevral kunlari Xorazm viloyati Urganch Davlat Universiteti Texnika fakultetida  o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

O‘quv kursi davomida Xorazm viloyat bojxona bosh boshqarmasi katta inspektori Xudaybergenov Mardon "Tashki iktisodiy faoliyat. Eksport va import operatsiyalari" mavzusida, Urganch shaxar Xalk bank bulim boshligi Xalikov Eldor "Biznes reja ishlab chikishda asosiy tamoyillar. Garov" mavzusida, UzRTXB Xorazm viloyati filiali bosh mutaxassisi Matnazarov Mansur "Davlat va korparativ xaridlarda tadbirkorlik sub'eklari ishtiriki" mavzusida  qatnashib ma'ruza qildilar va tinglovchilarning kiziktirgan savollariga javoblar berdilar.O‘quv kursining ilk kunlarida 55 nafar yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.

SSP Axborot-xizmati