25.02.2020 396

Navoiy viloyatida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida o‘quv seminarlar tashkil etildi.


“Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi” Navoiy viloyat filiali hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati xududiy boshqarmasi bilan birgalikda “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi o‘quv seminari Navoiy shahar Lochn MFY, Umid MFY,Bahor MFY, dan aholi va yoshlar bilan Navoiy Davlat Konchilik instituti majlislar zalida o‘tkazildi. Tadbirkorlik nufuzini oshirib, aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka ruhlantirish uchun “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarda jami 107 nafar tinglovchilar qatnashdilar. Seminarda Navoiy viloyat soliq bosh boshqarmasi xududiy davlat soliq inspeksiyasi xodimi Berdiev Namoz, Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati xududiy boshqarmasi Navoiy shaxar TKM Bosh mutaxassisi Sattorov Feruz, Tadbirkorlik faoliyati asoslari o‘qitish respublika markazi Navoiy viloyati filiali bosh mutaxassisi Xolboev Temur  qatnashib o‘zlarining sohalarida bo‘layotgan yangiliklarni tinglovchilarga ma'ruza qilishdi. Seminar ishtirokchilari o‘zlari qiziqqan savollarga javoblar olishdi.

SSP Axborot-xizmati