25.02.2020 389

Farg‘ona viloyatida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari davom etmoqda.


Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona filiali tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish,tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash”mavzusida 22 soatlik o‘quv seminarlarini o‘tkazib kelmoqda. Navbatdagi o‘quv seminari Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Transport kollejida (24.02.2020-28.02.2020) o‘tkazilmoqda.

O‘quv seminarining ikkinchi kunida “Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi” Farg‘ona bosh mutaxassisi A.Ro‘zaliev “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam”, Xalq bank kredit bo‘lim mutaxassisi Raxmonov Otabek “Biznes reja ishlab chiqishda asosiy tamoyillar. Garov”, Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektor Usmonov Bobur “Savdo va xizmat ko‘rsatishda nazorat-kassa mashinalari (virtual kassa) va  to‘lov terminallaridan foydalanish qoidalari”, Moliya bo‘limi mutaxassisi Maksudov Suxrob “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy hisobot”, Axoli bandlikka ko‘maklashish markazi bosh mutaxassis Turdiev Yorqinjon “Mehnat qonunchiligi,kadrlarni tanlash va o‘qitish” mavzularida ma'ruza qildilar. O‘quv seminarida 36 nafar maxalliy tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi axoli vakillari qatnashdilar.Seminar ishtirokchilari soxaga oid savollarga javob oldilar.

SSP Axborot-xizmati