24.02.2020 542

Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi


Joriy yilning 20 fevral' kuni Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida Prokuror sektori binosida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Ohangaron tumani bo‘linmasi rahbari ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda, yoshlar bilan tadbirkorlik masalalari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Tuman prokurori tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi yoshlar tomonidan kelib tushgan muammo, masala va takliflar, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ularga tushintirish berildi. 

Shuningdek uchrashuv davomida yoshlarga Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan master-klass tashkil qilindi.

Tadbir yakunida,  fikr va mulohazalarni inobatga olib, tuman yoshlari uchun biznes maktabi  tashkil etishga va bu maktabga xorijiy davlatlarning biznes trennerlarini jalb qilishga kelishib olindi.

 

SSP Axborot xizmati