14.02.2020 174

Surxandaryo viloyatida «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» seminarlari bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 10-fevraldan 14-fevralgacha Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida istiqomat qilayotgan tadbirkorlar, aholi va yoshlar uchun «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash» bo‘yicha “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kursi va “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” seminarlari bo‘lib o‘tdi. 

O‘quv kurslarida 50 nafar tinglovchi ishtirok etib, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishdi. O‘quv kursida Qiziriq tuman Xokiyati tomonidan Choriev O‘tkir, tuman soliq bo‘limida Normurodov O, «Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasidan Egamov Almardan, Mikrokreditbank kreditlash bo‘limi boshlig‘i Umirov Kamol , Davlat hizmatlari markazidan Yuldoshev Anvar va boshqa xodimlar ishtirok etishdi. 

O‘quv jarayonida aholini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish va sohaga yo‘naltirishni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi davlat siyosatining asosiy jihatlari, biznes yuritish asoslari va sohadagi qonun xujjatlari tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes-rejani ishlab chiqish masalalariga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, hisobotlarni tuzish, ularni tekshirish tartibi, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi hamda jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida va biznes assosiasiyalarining o‘rni va rejada ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha bilim olishdi. Shu qatorda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Navbatdagi seminari  “Rabotak” mahallasida tashkil etilib, 78 nafar tuman aholisi ishtirok etdi. Ushbu seminarda tuman davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i Yuldashev A va SSPning TKM boshlig‘i To‘laganov Yuldosh ishtirok etib tadbirkorlik sohasidagi ma'lumotlarni berishdi.

SSP Axborot-xizmati