13.02.2020 364

Buxoro viloyatida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari davom etmoqda.


Buxoro viloyatida tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar va yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlar uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi filiali tomonidan “Tadbirkorlik asoslari”ni o‘qitish bo‘yicha o‘tgan 2019 yilda jami 49 marta o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, mazkur seminarlarda 1024 nafarga yaqin tinglovchi o‘qitildi. Tahsil olganlarning 390 nafari yoshlardan iborat.

Monitoring natijalariga ko‘ra, 98 nafar aholi tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan bo‘lsa, o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan tinglovchilarning 38 tasi 6 mlrd. so‘mdan ziyod imtiyozli bank kreditlari olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirdilar. Tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlagan va faoliyatini kengaytirgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 487 ta yangi ish o‘rni yaratishga muvaffaq bo‘lindi.

Navbatdagi seminar joriy yilning 10.02-14.02.2020 da Vobkent tumani aholi va tadbirkorlari uchun Vobkent tuman Iqtisodiyot kolleji binosida “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” dasturi bo‘yicha seminar tashkil etilmoqda.Seminarda Buxoro viloyat Bojxona boshqarmasi inspektori Muxammedov Ixtiyor,  tadbirkorlar uchun Bojxona bojlari va imtiyozlari, Eksport va Import operatsiyalari mavzularida ma'ruza o‘tdi. Vobkent tuman  Yong‘in Xavfsizligi boshqarmasi rahbari Xidirov Kamol Tadbirkorlar mol-mulkini texnogen ofatlardan saqlash mavzusida ma'ruza o‘tdi, hamda Vobkent tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi huquq inspektori Jo‘raev Baxtiyor Mehnat qonunchiligi mavzusida ma'ruzalar o‘tishdi. Seminarning oxirida tinglovchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi.Vobkent  tumanida 50 nafardan ziyod aholi va tadbirkorlar qatnashmoqda. Buxoro filiali 2020 yilda o‘quv kursida qatnashadigan tinglovchilar sonini 2.5 baravarga oshirib yil davomida 5282 nafar aholi, tadbirkor va yoshlarni qamrab olishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 aprel' PQ-2897-sonli Qaroriga asosan, davlat muassasasi shaklidagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 avgust 602-sonli qaroriga muvofiq Markazning tuzilmasi tasdiqlangan va asosiy vazifalari belgilab berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvar' PF-5630 sonli Farmoniga asosan, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi o‘rinlarda SSP deb yuritiladi) yurituviga o‘tkazilgan. Shu maqsadda Marakazning hududiy filiallari SSP hududiy boshqarmalariga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

SSP Axborot-xizmati