13.02.2020 146

SSP Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir tadbirkorlik subyektining huquqiy manfaatlari tiklandi.


         «FARGONA NEFT BAZASI» MChJ o‘z huquqlari tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga murojaat qildi. U o‘z marojaatida, “Bag‘dod texnika” MChJ bilan xo‘jalik shartnomasini tuzganligi, unga muvofiq neft mahsulotlarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Biroq, “Bag‘dod texnika” MChJ tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi oqibatida 108 378 767 so‘m miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan.

         Savdo-sanoat palatasi bu murojaatni o‘rganib chiqdi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga erishish uchun mediasiya o‘tkazdi. Davogar va javobgarning o‘zaro kelishuvi mediasiya yo‘li bilan ham hal bo‘lmagach, Savdo-sanoat palatasi tomonidan «FARGONA NEFT BAZASI» MChJ manfaatida Rishton tumanlararo Iqtisodiy sudiga da'vo arizasi bilan murojaat etildi.

         Sudning 2020 yil 4-fevral kuni 4-1505-2003/112-sonli chiqarilgan hal kiluv qarori bilan Savdo-sanoat palatasining da'vo talabi to‘liq qanoatlantirilib, javobgar “Bog‘dod texnika” MChJ hisobidan «FARGONA NEFT BAZASI» MChJ foydasiga 108 378 767 so‘m miqdoridagi qarz o‘ndirildi va shu orqali tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.