07.02.2020 2108

O'zbekiston-Hindiston biznes va tadbirkorlik forumi tashkil etildi


O'zbekiston va Hindiston davlatlari o'rtasida  O'zbek - Hind biznes va tadbirkorlik forumi tashkil etdi. Forumni tashkil etish to'g'risidagi memorandum O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Hindiston savdo palatalari federatsiyasi (FICCI) o'rtasida imzolandi.

O'zbek-Hind biznes va tadbirkorlik forumini tashkil etishdan asosiy maqsad - ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash va iqtisodiy hamkorlik suratlarini jadallashtirishdan iborat. Bundan tashqari, ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatish orqali investitsion loyihalar, eksport-import shartnomalari soni va sifatini oshirish, shuningdek, tomonlar o'rtasida texnologiyalar va tajriba almashish rejalashtirilgan.

Hindiston Savdo palatalari federatsiyasi FICCI Ladies ayollar tashkiloti prezidenti Xarjinder Kaur Talvar ta'kidlaganidek, O'zbekiston-Hindiston tadbirkorlik forumining tashkil etilishi so'nggi bir necha yil ichida o'zaro tajriba almashish va hamkorlikning imkoniyatlarini o'rganish natijasidir. “O'zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganimda, mamlakatlarimizni nafaqat umumiy madaniyat, balki biznes yuritishdagi qadriyatlar hamjihatligiga amin bo'ldim. Savdo, axborot texnologiyalari, ta'lim, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, sayyohlik va boshqa sohalardagi sheriklik aloqalari borasida ulkan imkoniyatlarni ko’rmoqdaman”, dedi X. Talvar.

Yangi loyihada ishtirok etish uchun O'zbekiston va Hindistonning ishbilarmon doira vakkillari, kompaniyalari va birlashmalar jalb qilinadi. Forumda ikki tomonlama tashriflar, ko'rgazmalar, biznes-tadbirlarni tashkillashtiriladi, shuningdek, me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, biznes uchun imtiyozlar va imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur forum doirasidagi  B2B formatidagi uchrashuvlar  tadbirkorlarga bir-birlari bilan yaqindan tanishish, yangi imkoniyatlar ochish va moslashuvchan, tez va samarali ishlashga imkon beradi.

Takidlab o’tish kerak, FICCI Hindistondagi eng yirik biznes-tashkilot bo'lib, 250 mingdan ortiq kompaniyani o'zida birlashtiradi. Tashkilot vakolatxonalari dunyoning 8 mamlakatida, shuningdek, Hindistonning 12 shtatida mavjud. Tashkilot seminarlar, treninglar, konferentsiyalar va uzluksiz ta'lim dasturlari orqali iqtisodiyotning turli sohalarida loyihalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.

 

SSP Axborot xizmati