05.02.2020 1227

O‘zbekiston YuNVTO reytingida 4-o‘rinni egalladi


O‘zbekiston dunyoning eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishlari yigirmataligida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deya xabar qildi Britaniyaning The Independent nashri BMTning Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) ma’lumotlariga tayangan holda.

YUNVTO ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida mamlakatga kelgan sayyohlar soni 27,3 foizga oshdi. Birinchi o‘rinni Myanma egalladi (40,2%). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Puerto-Riko (31,2%) va Eron (27,9%) bo‘lishib oldi.

Ushbu ro‘yxatda Ozarbayjon (11,4%) va Qozog‘iston (10%) ham joy olgan, ular mos ravishda 17 va 20-o‘rinlarni egallagan.

Umuman olganda, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab sayohatlar soni 1,5 milliardga yetdi, bu 2018 yilga nisbatan 4 foizga ko‘p demakdir.

Fransiya 90 milliondan ko‘proq sayyoh tashrif buyurgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Undan keyin 83,8 million sayyoh bilan Ispaniya bormoqda.

 

Manbaa: gazeta.uz