28.01.2020 487

SSPning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Koson tuman iqtisodiy sudiga kiritilgan da'vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.


Savdo-sanoat palatasining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Koson tuman 232 - XMKK manfaatlarini himoya qilish maqsadida, javobgar Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo‘limi va qo‘shimcha javobgar Koson tuman elektr ta'minoti korxonasiga nisbatan 2019-yil 12-apreldagi 111-sonli inkasso topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topish to‘g‘risida Koson tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritilgan.

Da'vo arizasi tuliq qanoatlantirilib, Koson tuman MIBning inkassa topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topildi, hamda Koson tuman MIB bo'limiga elektr tarmog'iga majburiy ulab berish majburiyati yuklatildi. Undan tashqari Koson tuman MIB bo'limiga nisbatan sud tomonidan xususiy ajrim chikarildi.

Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat paltasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntlariga murojaat qilishingiz mumkin.