28.01.2020 597

Toshkentda birinchi xalqaro investisiya forumi o‘tkaziladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan  2020 yil 5-6 mart kunlari O‘zbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tadi.

 Forumning asosiy maqsadi iqtisodiyot drayverlari hisoblangan energetika, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, to‘qimachilik, qishloq ho‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish sohalari hamda hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni kengaytirishdir.

 Mazkur forumda 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlari, investorlar, eksportchilar va xalqaro ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 Forum dasturi bo‘yicha qator yo‘nalishlarda panel sessiyalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, jumladan: "Biznes uchun ochiqlik", "Mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish", "Texnologik innovasiyalarni qo‘llash".

Forum veb-sayti: http://tiif.uz