27.01.2020 540

SSPning Xorazm viloyati xududiy boshqarmasi yana bir tadbirkorning huquq va maanfatlarini himoya qildi.


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga “ASADBEK XURSANDBEK” xususiy korxonasi tomonidan mazkur korxonaning huquq va maanfatlari  buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Murojaat mazmuniga ko‘ra   “ASADBEK XURSANDBEK” xususiy korxonasi va “NUKUS ISLAMBEK BIZNES” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmayotganligi ta'kidab o‘tilgan. Mazkur murojaatdan kelib chiqib, Savdo-sanoat palatasi  Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan iqtisodiy sudga da'vo arizasi kiritilgan xamda ushbu da'vo arizasi sud tomonidan to‘la qanoatlantirilgan.  

Sud qaroriga ko‘ra, javobgar “NUKUS ISLAMBEK BIZNES” MChJ debitor qarzdorligi 57 000 000 so‘m va  jami 791 kechiktirilgan kun uchun mahsulot qiymatining 50 foizi, ya'ni 28 500 000 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha qarzni to‘lab berishi lozimligi qayd etildi.

Natijada javobgar “NUKUS ISLAMBEK BIZNES” MChJdan umumiy qiymati 85 500 000 so‘m miqdoridagi qarz summasi “ASADBEK XURSANDBEK” xususiy korxonasiga to‘liq undirib berildi.

Agar sizning tadbirkorlik faoliyatingizda ham shunga o‘xshash muammolar yuzaga kelsa  Savdo-sanoat palatasiga hamda @SSP_press telegram akkauntiga murojaat etishingiz mumkin.

SSP Axborot-xizmati