24.01.2020 502

Xorazm viloyatida sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o'tkazildi


Ma'lumki, 2019 yil yil 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida tarmoq va hududlarda mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishida respublikamizda  mahalliylashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.

Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi birgalikda Xorazm viloyatida sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi tashkil etildi.
Mazkur Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasining ochilish marosimi tashkil etilib,  ushbu marosimda Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Q. Egamberginov, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari J.A. Mamajanov va iqtisodiy kompleks idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

 Mazkur tadbirda 150 dan ortiq Xorazmlik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy Samarqand viloyatlaridan mehmon tadbirkorlar o‘zlarining mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, metallurgiya, kimyo, neft va gaz, oziq-ovqat va yengil sanoat, farmasevtika kabi yo‘nalishlardagi mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyatda bo‘sh turgan davlat mulk obyektlari va yer uchastkalari taqdimoti ham tadbirkorlar e'tiboriga havola qilindi.
Xorazm viloyatida tashkil etilgan ushbu tadbir joriy yilning 25 yanvar kuniga qadar davom etadi.

SSP Axborot-xizmati