24.01.2020 675

Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorlik subyektining maanfatlari himoya qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat xududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq vaziyatlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shu jumladan, 2019-yilning yanvar' oyida “Farg‘onaazot” Ajning maanfatlarini himoya qilish maqsadida, Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudiga Qashqadaryo “Agrokimyoximoya” AJga nisbatan 9 377 907 598  so‘m miqdoridagi qarzni undirib berish yuzasidan da'vo arizasi kiritildi.

SSP tomonidan kiritilgan mazkur da'vo arizasi Qarshi tumanlararo Iqtisodiy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, to‘liq qanoatlantirildi. Natijada “Farg‘onaazot” AJning foydasiga ya'ni 9 377 907 598 so‘m asosiy qarz, 86 468 933 so‘m jarima, 16 218 so‘m pochta harajati undirildi va da'vogarning qonuniy manfaatlari tiklandi.

Agar sizning tadbirkorlik faoliyatingizda ham shunga o‘xshash muammolar yuzaga kelsa  Savdo-sanoat palatasiga hamda @SSP_press telegram akkauntiga murojaat etishingiz mumkin.