17.01.2020 393

Savdo-sanoat palatasi tomonidan Namangan viloyatida elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan seminar tashkil etiladi.


Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019-yil 4 yanvardagi PQ-4090 sonli hamda 2019-yil 30-maydagi PQ-4348 sonli qarorlariga asosan elektrotexnika sohasida yaratib berilgan shart-sharoitlarni shu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlari e'tiboriga yetkazish maqsadida Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan Namangan shahrida 2020 yil 21 yanvar kuni ochiq muloqot tarzidagi seminar tashkil etiladi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad elektrotexnika sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida ma'lumot berish, elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, tarmoqning eksportbop mahsulotlarini jahon bozoriga yetkazib berish, sohaga doir xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va boshqa dolzarb mavzular yuzasida atroflicha fikr almashishdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, manzil: Namangan shahri “ Grand Sherdor” mehmonxonasi. Seminarning boshlanish vaqti 10:00.

Murojaat uchun: Savdo-sanoat palatasi eksport bo'limining 78 150-60-06( ichki 1849) hamda Namangan viloyati Savdo-sanoat palatasining  78 223-11-01, 97 372-55-52 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

SSP Axborot-xizmati