30.12.2019 2543

SSPda Bursa viloyati Savdo palatasi prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi


30 dekabr kuni Savdo-sanoati palatasi raisi Adxam Ikramov Turkiyaning Bursa viloyati Savdo-sanoati palatasi Prezidenti Ibroxim Burkay bilan uchrashdi.

Ikki tomon vakillari avvalam bor kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan bir birlarini tabriklashdi.

Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov xozirgi kunda mamlakatimizda kichiki biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari jadallik bilan rivojlanib borayotganini va bu borada turk investorlari xamda ishbilarmon doira vakillarining o‘rni yuqori darajada ekanligini ta'kidladi.

Shu o‘rinda  Turkiyaning Bursa viloyati Savdo-sanoati palatasi Prezidenti  I.Burkay samimiy tabrik xamda iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Turkiya va O‘zbekiston uzoq yillik mustaxkam do‘stona va savdo-iqtisodiy aloqalarni olib borayotganini va o‘tgan 2-3 yilda eksport import saloxiyati xar ikki mamlakatda ham yuqori natijalarni ko‘rsatayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Kirib kelayotgan 2020 yilda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xamkorlikni yanada mustaxkamlash yuzasidan taklif va muzokaralar o‘tkazilib, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejelashtirib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Adxam Ikramov tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, mustaxkam do‘stlik ramzi sifatida turkiy qardoshlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

SSP Axborot xizmati